CHORYORLAR

CHORYORLAR (fors—toʻrt doʻst) — Muhammad (sav) vafotidan keyin arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki 4 xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali). Ularni Choryorlar deb atash Eron, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodagi oddiy dindorlar orasida rayem boʻlgan. Choryorlar arab tilidagi diniy manbalarda «xulafo arroshidin» («toʻgʻri yoʻldan borgan xalifalar») nomi bilan tilga olinadi. Choryorlar xalifalikni boshqarish va kengaytirish, qoʻshni yerlarni fath etib islom bayrogʻi ostida birlashtirishga rahnamolik qilgan xukmdorlardir. Islomda Choryorlar «paygʻambar noiblari» hisoblanadilar. Islom anʼanasida Choryorlar hukmronlik davri islomning oltin asri deb yuritiladi. Bu davr 30 i. davom etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x