CHOLNOʻGʻAY — oʻzbek urugʻlaridan biri. Asosan, oʻzbeklarning qipchoqqabilasining toʻqqizurugʻ (tugʻuzboy) guruhi tarkibiga kirgan. Dastlabki Cholnoʻgʻaylar 16 — 17-a. larda Dashti Qipchoqning gʻarbiy qismida Noʻgʻay xonligining yemirilishi natijasida har xil koʻchmanchi urugʻ va qabilalarning qoldiqlaridan vujudga kelgan. Soʻngra, Cholnoʻgʻaylar Dashti Qipchoq qabilalari tarkibiga kirganlar. 17-a. ning oxiri — 18-a. ning boshlarida qipchoqlarning katta bir guruhi Zarafshon vodiysiga joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые