ChEXLAR

ChEXLAR — xalq, Chexiyaning asosiy aholisi (9,55 mln. kishi 1990-y. lar oʻrtalari). Umumiy soni 10,38 mln. kishi. Chex tilida soʻzlashadi. Dindorlar — asosan, katoliklar, protestantlar ham bor. Chexiya hududiga slavyanlar 5—6a. larda kelib oʻrnashganlar. Yozma manbalarda ayrim chex qabilalarining nomlari (chexlar, dudleblar, xorvatlar, luchanlar, zlichanlar, dechanlar, pshovanlar, litomerjitsalar, xebanlar, glomachlar) saqlanib qolgan. 11 a. da Chexiya davlati hududida chex elati shakllangan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — dehqonchilik; chorvachilik ham muhim rol oʻynaydi. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan. Chexlarning koʻpchiligi sanoatda band. Ch. ning milliy kiyimlari, anʼanaviy hunarmandchiligi saqlangan. (q. Chexiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x