CHOTTOPADDHAYA Bonkimchondro (1838.26.6, Kantalpara, Kalkutta yaqinida — 1894.8.4, Kalkutta) — hind yozuvchisi va shoiri. Bengal tilida ijod etgan. Bengal adabiyotida tarixiy roman janrining asoschisi. Asarlarida vatanparvarlik va hind xalqining milliy ozodlik uchun kurashi bobidagi yetuk gʻoyalar aks etgan. Chottopaddhayaning «Seni olqishlayman, Vatan!» sheʼri hind xalkining 1905—47 y. lar mobaynidagi milliy ozodlik kurashining gimni boʻlib kelgan. «Chondroshekhar» (1873), «Baxt makoni» (1882), «Raj Singh» (1893) romanlari mustaqillik uchun kurash hissiyotlari bilan sugʻorilgan. Ijtimoiy muammolar, jumladan, jamiyatda ayollar huquqini cheklanganligi muammosi «Zaharlangan daraxt» (1872), «Krishnokanto vasiyati» (1875) kabi romanlarida aks ettirilgan. Chottopaddhaya maʼrifatparvar, publitsist va «Bongodorshon» jur. ning bosh muharriri sifatidagi faoliyati bilan Bengaliyaning madaniy hayotida alohida oʻrin tutib kelgan. Chottopaddhayaning bir qancha tarixiy, adabiy, ijtimoiy va ilmiyfalsafiy maqolalari, satirik hikoyalar toʻplamlari ham bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые