CHIZIQ

CHIZIQ — 1) yozadigan, chizadigan yoki yuqadigan narsalar qoldirgan ingichka iz. Mac, qalam yoki boʻr bilan chizilganda paydo boʻladigan yoʻl;

2) narsalarning chegarasini, joylashishini yoki borishini koʻrsatuvchi yoʻnalish. Mac, reaktiv samolyot uchganda dvigatelining orqasidan chiqadigan tutun izi;

3) matematikada — sirtning ikki qoʻshni sohasidagi umumiy qism. Analitik geometriyada tekislikdagi Chiziq nuqtalarning koordinatalari orasidagi tenglamalar bilan ifodalanadi. Toʻgʻri burchakli koordinatalar tizimida Chiziq tenglamalarning turiga qarab ajraladi. Agar tenglama (Gʻx, u)= 0 koʻrinishida boʻlsa, u hodda yatartiblialgebraik egri chiziq deb ataladi (bunda Gʻhx, u) — x, u ga nisbatan ldarajali koʻphad). 1tartibli Chiziq toʻgʻri chiziq boʻladi. Konussimon kesim, ellipslar (shu jumladan, aylanalar), giperbolalar va parabolalar 2tartibli Chiziqlar jumlasiga kiradi. Algebraik boʻlmagan Chiziq larga misollar: trigonometrik funksiyalarning grafiklari, logarifmik va giperbolik funksiyalar, sikloida, gipotsikloida, epitsikloida va koxleoida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x