HIROT

HIROT — Afgʻonistonning shim.gʻarbiy qismidagi shahar, Herirud daryosidan sugʻoriladigan vohada joylashgan. Aholisi 167 ming kishi (2003). Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Mamlakat gʻarbiy qismidagi muhim iqtisodiy markaz. Paxta tozalash, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan, qoʻlda turli matolar, gilam toʻqiladi. Qorakoʻl teri va b. qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan savdo qilinadi.

Shahar nomi mil. av. ham maʼlum boʻlgan. Sosoniylar davrida yirik shaharga aylangan. 7-a. dan arablar qoʻl ostida. Bu davrda Hirot yanada rivojlandi. Somoniylar davrida esa Xurosonning asosiy shahri. 10-a. boshlarida Gʻuriylar davlati tarkibiga kirdi. 1020-y. dan Hirotni Gʻaznaviylar noibi sulton Masʼud boshqargan. 1221-y. da shaharni Chingizxonning oʻgʻli Tuluy qoʻshinlari egallab, uni vayron qilgan. 1234-y. da shahar Oʻqtoyxon tomonidan qayta tiklangan. Moʻgʻullar bosqinchiligi davridagi vayronagarchiliklar natijasida karvon yoʻllari Oʻrta Osiyodan Hindiston va Xitoyga Hirot orqali oʻtgan. Kurtlar hukmronligi vaqtida shahar Xurosonning asosiy shahri sifatida tez oʻsdi. 1383-y. dan Hirot Amir Temur davlati tarkibiga kirdi. Dastlab Mironshoh (1366—1408), keyinchalik Shohrux (1377-1447), Abu Saʼid (1424-69), Sulton Husayn Mirzo (1438 — 1506) va b. temuriylar davlatining poytaxti boʻlgan. Oʻsha davrda Hirot juda taraqqiy etgan. Oʻrta Sharqning yirik savdo, hunarmandchilik va madaniy markaziga aylangan. Hindiston, Xi-toy va Yevropa bilan keng savdo va madaniy aloqalar olib borilgan. Hirot va uning atrofida yirik madrasa, mas-jid, koʻpriklar va b. jamoat binolari qurilgan. 16-a. dan Hirot Safaviylar davlati tarkibiga kiritildi. 1716-y. da mustaqil Hirot hokimligi tuzilgan. 1732-y. da shaharni Eron shohi — nodirshoh egallagan. 1747-y. dan Durroniylar davlati tarkibida. 19-a. boshida yarim beklik markazi boʻlib qolgan. 1863-y. dan Afgʻoniston davlati tarkibida.

Hirotda Alisher Navoiy, Jomiy, Hofizi Abru, Mirxond, Behzod kabi olim va fuzalolar yashab, ijod qilganlar. Hirot — oʻrta asr miniatyura va amaliy bezak sanʼatining markazi (q. Hirot miniatyura maktabi).

Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa (15-a.), Jome masjidi (13—14-a. lar), Musallo ansambli tarkibidagi Gavharshodbegim masjidi minoralari, Abdullo Ansoriy maqbarasi (15-a.) va b. saklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x