ChEChENISTON

ChEChENISTON, Checheniston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Mayd. taxminan 15 ming km2 (Ch. bilan Ingushiya oʻrtasidagi chegara demarkatsiya qilinmagan). Aholisi 1 mln. 100,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Groznыy sh. Maʼmuriy jihatdan 16 tuman va 5 shaharga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Checheniston — respublika. Davlat boshligʻiprezident. Amaldagi Konstitutsiyasi 2003-y. da qabul kilingan. Konstitutsiyada nazarda tutilgan hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organlarini shakllantirish jarayoni ketmoqda.

Tabiati. Checheniston Katta Kavkaz togʻlari (Ch. ning eng baland joyi Tebulosmta togʻi, 4493 m)ning shim. yon bagʻri va unga tutashgan Chechen tekisligi hamda TerekKuma pasttekisligida joylashgan. Neft, gaz, qurilish materiallari konlari bor. Ikdimi kontinental. Yanv. ning oʻrta trasi TerekKuma pasttekisligida —3°, togʻlarda —12° gacha, iyudda 25° va 21°. Oʻrtacha yillik yogʻin 300—1000 mm. Yirik daryolari — Terek, Sunja. Tuproqlari tekisliklarda, asosan, oʻtloqi, kashtan va och kashtan, qirlarda karbonatli kora, dare vodiylarida allyuvial, togʻlarda togʻoʻrmon va togʻoʻtloqi tuproqlar. TerekKuma pasttekisligida shuvoq va shoʻra oʻsimliklar, Chechen tekisligida dasht va oʻrmonli dasht oʻsimliklari oʻsadi. 2200 m gacha boʻlgan balandlikdagi togʻlarda keng bargli oʻrmonlar, undan yuqorida subalp va alp oʻtloqlari mavjud. Chechenistonda kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar koʻp; qushlardan yovvoyi oʻrdak, gʻoz, tuvaloq, Kavkaz qirgʻovuli bor. Togʻlarda qoʻngʻir ayiq, toʻngʻiz, kiyik, boʻri, oʻrmon mushugi, suvsar yashaydi.

Aholisi. Asosiy aholisi chechenlar. Ingush, rus va b. xalqlar ham yashaydi. Shahar aholisi 34,5%. Respublikaning davlat tili — chechen va rus tili. Dindorlar islom dinining sunna mazhabida.

Tarixi. Chechenlar 7-a. da birinchi bor tilga olingan. Oʻrta asr boshlarida Checheniston hududining koʻp qismi Alaniya davlati tarkibida boʻlgan. 19-a. da Checheniston aholisi togʻli xalqlarning rus qoʻshinlariga qarshi qurolli kurashida qatnashgan. Togʻlilar magʻlubiyatidan soʻng (1859), Ch. Rossiya tarkibiga qoʻshib olingan. 1921-y. dan RSFSR tarkibidagi Togʻli muxtor respublikaga kiritilgan. 1922-y. noyab. da Ch. Muxtor viloyati tuzilgan. 1934-y. dan ChechenIngushiya muxtor viloyati tarkibida. 1936-y. viloyat muxtor respublikaga aylantirilgan. 1942-y. Ch. ning bir qismi nemislar tomonidan bosib olingan. 1943-y. ozod etilgan. 1944-y. ChechenIngushiya tugatilib, aholisi 2-jahon urushida bosqinchilarga yon bosdi, degan tuhmat bilan zoʻrlab Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga deportatsiya qilingan. 1957-y. muxtor respublika tiklangan. 1991-y. ChechenIngushiya muxtor respublikasi ChechenIngushiya Respublikasi deb nomlandi. 1992-y. Rossiya Federatsiyasi tarkibida Ingushiya va Ch. Respublikalari tuzildi. 1991-y. sent. da chechen xalqining umummilliy kongressi Ch. Respublikasining davlat suverenitetini eʼlon qildi. 1992-y. prezident lavozimi taʼsis etildi. Bular Rossiya Federatsiyasi tomonidan tan olinmadi. J. Dudayev rejimi siyosati Chechenistonda keskin ijtimoiysiyosiy inqirozga, Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasini qoʻpol ravishda buzishga olib keldi. 1994-y. dek. — 1996-y. avg. da qurollangan chechen otryadlari bilan konstitutsion tartib oʻrnatish uchun Chechenistonga kiritilgan federal qoʻshinlar oʻrtasida harbiy harakatlar boʻlib oʻtdi. 1999-y. avg. da chechen jangarilarining Dogʻistonga qilgan yurishidan soʻng federal qoʻshinlar Checheniston hududida antiterroristik harakatlarni boshladilar.

Xoʻjaligi. Sanoatining asosiy tarmoklari — neft kazib olish, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, mashinasozlik, oziq-ovqat, oʻrmon va yogʻochsozlik, yengil sanoat; qurilish materiallari ishlab chiqariladi (sement va b.). Hunarmandchilik rivojlangan (yogʻoch, tosh oʻymakorligi, metallga badiiy ishlov berish, kashtachilik, gilam toʻqish). Q. x. da bugʻdoy, sholi, kungaboqar, qand lavlagi yetishtiriladi. Bogʻdorchilik, tokchilik va sabzavotchilik bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligida qoramol, koʻy (asosan, mayin tolali jun beradigan qoʻylar) boqiladi.

Adabiyoti. Chechen adabiyotining asoschisi S. Baduyev (1904—43) chechen tilidagi birinchi bosma badiiy asar («Ochlik» qissasi, 1925), chechen tili dagi birinchi roman («Petimat», 1930) va pyesalar («Otalar udumi», 1929; «Qizil qalʼa», 1930) muallifidir. Sh. Aysxonov (1907 — 37) pyesa («Kurash», 1932) va hikoyalar, N. Muzayev pyesa («Davrimiz nihollari», 1934) va doston («Oʻrmon yalangligi», 1933) yaratdi. 30-y. larning boshlarida M. Mamakayev (1910—73)ning dastlabki sheʼrlari, X. Oshayev (1898—1977)ning ocherk va pyesalari, S. Arsanov (1889 — 1968)ning «Ikki avlod» tarixiy romani (1930) paydo boʻldi. 40-y. larda A. Mamakayev (1918—59)ning vatanparvarlik ruhidagi pyesalari, N. Muzayevning sheʼrlar toʻplami, M. Sulayevning dostoni nashr etildi. 50-y. larda Olmaota sh. da «Doʻstlik» nomi bilan chechen yozuvchilari asarlari toʻplami chiqdi. S. Arsanovning tarixiyinqilobiy mavzudagi «Doʻstlik sharofati» (1968) romani chechen nasrining yutugʻi boʻldi. A. Mamakayev, M. Mamakayev, N. Muzayev, R. Axmatova va b. ning sheʼriy toʻplamlari nashr etildi.

60—70-y. larda sheʼriyat badiiy jihatdan ancha yuksaldi, nasrda ocherk, doston, roman janrlarida muhim asarlar yaratildi. Bolalar adabiyotida U. Gaysultonov, X. Edilov, M. Musayev samarali ijod qildilar. Chechen dramaturgiyasida ham turli mavzularda pyesalar yaratildi. Jumladan, X. Oshayev, A. Hamidov fuqarolar urushi, N. Muzayev, M. Musayev qishloq hayoti, M. Musayev, A. Hamidov 2-jahon urushi mavzularida asarlar yaratdilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x