HAROM QORAVOY

HAROM QORAVOYqoravoylar oilasiga mansub qush. Sharqiy yarim sharning Shim.-Sharqiy Yevropa va Sibirdan boshqa hamma joylarida keng tarqalgan. Ogʻirligi 3 kg gacha, qanoti 33—38 sm. Yetuk individlari yashil-binafsha metalldek yaltiraydi. Boshining pastki qismida yarim-oysimoy oq dogʻi bor. Urchish davrida ensasida uzun ingichka patlar paydo boʻladi. Harom qoravoy — monogam qush. Koloniya boʻlib, suv havzalari qirgʻogʻidagi qoyalarga, qamishlar orasiga va daraxtlarga uya quradi. 5—6 ta tuxum qoʻyib, nari va modasi navbat bilan 28 — 30 kun bosadi. 12—13 haftadan soʻng yosh qushlar mustaqil hayot kechira boshlaydi. Asosan, baliqlar bilan oziqlanadi. Baliqchilik xoʻjaliklariga ziyon yetkazadi. Ovchilik ahamiyatiga ega emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x