HOSILDORLIK

HOSILDORLIKekin maydoni birligidan olinadigan dehqonchilik mahsuloti miqdori; s/ga bilan hisoblanadi. Hosildorlik bir necha turga boʻlinadi: potensial H., rejali Hosildorlik, kutilayotgan Hosildorlik, tupdagi Hosildorlik, 1 ga dan olingan haqiqiy H. Potensial Hosildorlik — ekin navida mavjud hosil berish imkoniyatlarini yuzaga chiqarish zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar taʼminlanganda 1 ga ekinzordan olinishi mumkin boʻlgan mahsulotning maksimal miq-dori. Uni i. t. muassasalari (nav ori-ginatorlari), davlat nav sinash tarmogʻi, ilgʻor shirkat, fermer xoʻjaliklari mutaxassislari ideal hamda odatdagi agrofonga tatbiqan hisob-lab chiqadilar. Bu esa navlar tarkibi hamda xoʻjalik, viloyat, mintaqa va h. k. dagi dehqonchilik tarmoqlarining tuzilmasini belgilashga yordam beradi. Rejali Hosildorlik — xoʻjalik sharoitlarida 1 ga yerdan olinishi mumkin boʻlgan mahsulot miqdori; H. da eri-shilgan daraja tuproq unumdorligi, texnika vositalari, oʻgʻitlar va h. k. bilan taʼminlanganlikni hisobga olgan holda ekin ekilgunga qadar bel-gilanadi. Kutilayotgan Hosildorlik (hosilga qarab moʻljallanadigan Hosildorlik) — 1 ga yerdan olinishi moʻljallanayotgan mahsulot. Ekinzorlarning umumiy hola-tini baholash asosida xoʻjaliklar tomonidan hisoblanadi. Kutilayotgan hosil koʻrsatkichlari sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Kutilayotgan Hosildorlik har 1 ga dan s hisobida yoki taxminiy hisobda (yuqori, oʻrta, past, oʻtgan yilgi darajada) aniqlanadi. Tupdagi Hosildorlik (biol. Hosildorlik) — oʻz vaqtida boshlanadigan yigʻim-terim oldidan dalada yetilgan tayyor mahsulot miqdori. Haqiqiy Hosildorlik — 1 ga dan olingan haqiqiy hosil (ombor H.) — yigʻilgan va kirim qilingan mahsulot. turli usullarda: dastlabki kirim yoki har 1 ga ekin, bahorgi mahsuldor may-don hisobiga toʻgʻri keladigan sof massa va b. bilan qayd etiladi.

Hosildorlik darajasi iqlim, geografik, tuproq, mikrobiologik, biologik, agrotexnik, tashkiliy-iqgisodiy va b. sharoitlar bilan belgilanadi. Dehqonchilikning intensiv sistemalarini joriy qilish bilan ekinlar Hosildorliki, asosan i. ch. ni intensivlash omillari hisobiga ortib boradi.

Dildora Saidova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x