JOʻYI MOʻLIYON

JOʻYI MOʻLIYON, Joʻyi mavoliyon — Buxorodan 4—5 km shimolda joylashgan qad. manzilgoh va ariq nomi. Joʻyi moʻliyonda Ya. F. Gʻulomov va A. Qosimzoda arxeologik tadqiqot ishlari olib borganlar (1956). Narshaxiynint yozishiga koʻra, Ismoil Somoniy bu yerlarni xalifa alMustaʼin ibn al-Muʼtasimning lashkarboshisi boʻlgan Hasan ibn Muhammad ibn Tolutdan 10 ming dir-hamga sotib olgan. Ismoil J. m. da saroylar va bogʻlar barpo qilib, uning koʻproq qismini mavoliy (xoja, janob, valiy)larga vaqf qilgan va bu yerlar Joʻyi mavoliyon deb atalgan. Koʻpchilik xalq esa uni «Joʻyi moʻliyon» — «Moʻliyon arigʻi» deb atagan. Ismoildan keyingi somoniy amirlari goʻzalligi, toza va xushhavoligi tufayli Joʻyi moʻliyonda oʻzlari uchun bog va koʻshklar bino qilganlar. Mamlakat somoniylar qoʻlidan ketgach, Joʻyi moʻliyon xarob boʻlgan.

Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x