HIDOYAT

«HIDOYAT» — oylik diniy-ijtimoiy, ilmiy-adabiy jur. Muassisi — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi. 1999-y. avg. da tashkil etilgan. Avval «Urta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari» (1946—1968), «Sovet Sharqi musulmonlari» (1968—91), «Movarounnahr musulmonlari» (1991—95), «Oʻzbekiston musulmonlari» (1995—99) nomlarida nashr etilgan. Jur. da Qurʼon oyatlarining tafsirlari, hadisi sharif sharhlari, ibodat va kundalik turmushga oid turli masalalar, ilm egallash, oila va farzandlar tarbiyasi, masjid va madrasalar hayoti, maʼnaviy meros va tarixiy qadriyatlarni oʻrganishga oid mavzular, dunyo musulmonlari hayotidagi yangiliklar, xabarlar yoritiladi. «Aqida», «Fiqh», «Amri maʼruf», «Nahyi munkar», «Tafsir», «Hadis ilmi», «Olislarga sayohat», «Imomlarimiz», «Ilm maskanlarida», «Tibbiyot burchagi» kabi ruknlari bor. Jur. 2001-y. dan «Hidoyat kutubxona-si» silsilasida kitoblar ham nashr etmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x