JOKYAKARTA

JOKYAKARTA, Yogyakarta — Indoneziyadagi shahar, Ya. va o. da. Alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Aholisi 3,1 mln. kishi (2000, shahar atrofi b-n). T. y. va shosse yoʻllar tuguni. Xalqaro aeroport bor. J. qadimdan hunarmandchilik markazi: maxsus usulda gazlama (batika) toʻqiladi, kumushdan badiiy buyumlar tayyorlanadi, yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Sholi oqlash, shakarqand, tamaki va toʻqimachilik korxonalari bor. Jokyakarta mamlakatning qad. madaniyat markazi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Jokyakarta sultonining saroyi (1755—60) va b. saqlangan. Xususiy muzey, tabiiy bogʻ, musulmonlar un-tlari bor. Turistlar koʻp keladi.

Tarixiy manbalarda Jokyakarta dastlab 18-a. boshidan tilga olingan. 1755-y. dan gollandlar nazoratidagi Jokyakarta sultonligining poytaxti, 1946—49 y. larda Indoneziya Respublikasining vaqtincha poytaxti boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x