HAQIQAT

HAQIQAT — voqelikning kishi ongida toʻgʻri aks etishi, bilimlarimizning obyektiv reallikka mos kelishi. Haqiqat insonning borliqni bilishdagi asosiy maqsadlaridan biri. U asosan inson bilimlari bilan borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabat masalasini oʻz ichiga oladi. Antik davr mutafakkirlari (Epikur, Demokrit, Lukretsiy) H. ni bilimlarimizning narsa va hodisalar mohiyatini ifodalashga mos kelishi sifatida tushunganlar. Bunday tushunish yangi davr faylasuflariga (F. Bekon, B. Spinoza, K. Gelvetsiy, D. Didro, P. Golbax, M. V. Lomonosov, L. Feyerbax) ham xosdir.

Haqiqatning obyektiv, mutlaq, nisbiy shakllari bor. Amaliyot tasdiklagan har qanday bilim obyektiv Haqiqat dir. Bunda olamdagi narsa va hodisalar mohiyati inson ongiga bogʻliq emas (H. mazmunan obyektiv, lekin shaklan inson tafakkuri faoliyatining natijasi sifatida subyektivdir). Borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi toʻliq, aniq, mukammal bilimlar mutlaq H. dir. Nisbiy Haqiqat obyek-tiv Haqiqatning baʼzi tomonini, boʻlagini, qismini aks ettiruvchi bilimdir, u obyektni toʻla, mukammal aks ettira olmaydi. Bilish nisbiy Haqiqat lardan mutlaq Haqiqatlar tomon rivojlanib boradi. Har qanday mutlaq Haqiqat nisbiy Haqiqat larning cheksiz rivojlanib bori-shidan vujudga keladi, har bir nisbiy Haqiqatda esa mutlaq Haqiqatning zarrasi mavjud boʻladi. Ilmfan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy Haqiqatlar sifatida mutlaq Haqiqatning mazmuniga yangi-yangi zarralar qoʻshib boradi. Borliq bepoyon va cheksiz boʻlgani kabi, insonning uni bilishi ham cheksiz davom etadi. Haqiqat hamisha kon-kretdir, mavhum Haqiqat yoʻq. Har bir bilimning haqiqatligi maʼlum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bili-shining imkoniyatiga va darajasiga bogʻliq.

Bilish jarayonida nisbiy va mut-laq Haqiqatlar nisbatini toʻgʻri tushunmaslik, Haqiqatning konkretligini hisobga olmaslik bilish nazariyasida 2 ta yanglish qarash — dogmatizm va relyativizmga olib keladi.

Haqiqat tushunchasi faqat gnoseologik masala emas, balki aksiologik jihatga ega. U «adolat», «yaxshilik», «goʻzallik» tushunchalari kabi umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.

Abdulla Ayupov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x