JISMLARNING ERKIN TUSHISHI

JISMLARNING ERKIN TUSHISHI — Yerning tortish kuchi maydonida jismlarning nolga teng boshlangʻich tezlikda harakatlanishi. Jismlarning erkin tushishi tezligi v Yer markazigacha boʻlgan masofaga va muhit (havo, suv)ning qarshilik kuchiga bogʻliq. Agar havoning qarshiligi hisobga olinmasa, jism uncha baland boʻlmagan joydan tushganda tezlik v= yj2gh ga teng boʻladi (bunda g — erkin tushish tezlanishi; u oʻrtacha 9,8 m/s2 ga teng; h — jismlarning tushish balandligi; bu balandlik boshlangʻich vaziyatdan hisoblanadi). Barcha jismlar Yerning ayni bir nuqtasida bir xil tezlanishda Yerga tushadi. Amalda havo qarshiligi ham hisobga olinadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tufayli Jismlarning erkin tushishi tezlanishi ekvatorda qutblardagidan kichik boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x