NIDERLANDIYA INQILOBI

NIDERLANDIYA INQILOBI (1566—1609) — Niderlandiya tarixiy viloyatida sodir boʻlgan inqilob. Kalvinizm bayrogʻi ostida oʻtgan va ispanlar hukmronligini batamom tugatish va feodallarning zoʻravonligiga qarshi qaratilgan. Konservativ ruxdagi byurgerlar oppozitsiyadagi dvoryanlar (Vilgelm Oranskiy rahbarligida) bilan ittifoq tuzib ispanlar asoratiga qarshi chiqqanlar. Asosiy voqealar: 1566-y. dagi Ikonalarga qarshi qoʻzgʻo-lon, 1572-y. shim. viloyatlarda koʻtarilgan ommaviy qoʻzgʻolon, 1576-y. jan. vi-loyatlardagi qoʻzgʻolon, Utrext uniyasi (ittifoqi) ni barpo etilishi (1579). Shim. viloyatlarni ispanlar hukmronligidan ozod boʻlishi (hoz. Niderlandiya davlati hududi) va Birlashgan viloyatlar respublikasi barpo etilishi bilan yakunlangan (jan. viloyatlarni 1585-y. ga kelib Ispaniya kayta bosib olgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x