NEOTOMIZM — katolitsizmdagi eng nufuzli falsafiy maktab. Foma Akvinskiyning 1879-y. da Rim papasi Lev XIII tomonidan yagona chin falsafa deb eʼlon qilingan taʼlimotiga asoslangan. Neotomizm tomizm taraqqiyotining hoz. zamon bosqichidir. Italiya, Ispaniya, Fransiya, Belgiya, Germaniya, AQSH, Lotin Amerikasi mamlakatlarida tar-qalgan. Namoyandalari: E. Jilson, J. Mariten, M. Grabman va b. Asosiy markazi — Luven un-ti huzuridagi Oliy falsafa in-ti (1888-y. D. Mersye asos solgan).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые