NEMIS DAVLAT OPERASI (Die Deutsche Staatsoper) — Berlindagi opera teatri. 1742-y. da ochilgan (1918-y. gacha Qirol opera teatri). Milliy opera sanʼati rivojlanishida muhim rol oʻynagan; repertuaridan itadyan va fransuz kompozitorlari bilan birga L. Betxoven, K. M. Veber, L. Shpor, R. Vagner, R. Shtraus va b. nemis kompozitorlari asarlari asosiy urin olgan. Teatrda Yevropaning eng mashhur diri-jyorlari (V. Furtvengler, O. Klemperer, R. Shtraus, G. Karayan va b.) faoliyat koʻrsatgan. Hozir teatr nemis operasining eng yaxshi anʼanalarini rivojlantirmoqda va chet el mumtoz va zamonaviy kompozitorlarining operalarini tashviq qilmoqda. Nemis davlat operasi binosi 2-jahon urushi davrida qisman buzilgan. Qayta tiklangach, 1955-y. da ochilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые