NEGATIVIZM

NEGATIVIZM — oliy nerv faoliyatining buzilishi belgilaridan biri. Bunda bemor oʻrinsiz ravishda tashqi taʼsirotlarga qarshilik koʻrsatadi. Passiv va aktiv N. farq qilinadi. Passiv Negativizmda bemor talab qilinayotgan harakatni oʻjarlik bilan bajarmaydi. Aktiv Negativizmda kishi talab qilinayotgan harakatning aksini qiladi. Negativizm aksariyat shizofreniyannng katatonik shaklida kuzatiladi. Baʼzi bolalar va oʻsmirlarda notoʻgʻri tartib oqibatida yuzaga keladigan Negativizmni patologik N. dan farq qila bilish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x