JANUBIY DAKOTA — AQSHning shim. qismidagi shtat. Mayd. 199,7 ming km2. Axolisi 756,6 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Pirr sh. J. D. hududining jan.-sharki Markaziy tekisliklarda, gʻarbi Buyuk tekisliklarda. Gʻarbiy qismida chuqur vodiy va jarlik koʻp. Yer yuzasining balandligi sharqida, asosan, 330 m dan garbida 1000 m gacha (Blek-Xils tog massivi). Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —10°, —12°; iyulniki 20—22°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400 — 500 mm. Eng katta daryosi — Missuri.
Xoʻjaligining asosi — q. x. Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Bugʻdoy, suli, arpa, zigʻir, yem-xashak ekinlari, makkajoʻxori ekiladi. Konchilik sanoati rivojlangan. Oltin, kumush, uran rudalari qazib chiqariladi. Oziq-ovqat (goʻsht konservalash, un tortish, yogʻ, pishloq) korxonalari bor. Q. x. ish qurollari ishlab chiqariladi.