JANOZA — keng maʼnoda — islomdagi dafn etish marosimi (q. Dafn marosimi); mayit; tobut. Tor maʼnoda — vafot etgan musulmon erkak va ayol jasadini koʻmish oldidan oʻqiladigan namoz (saloti Janoza). J. marosimlari turli musulmon mamlakatlarida turlicha boʻlib, ular tegishli urf-odatlar bilan bogʻlangandir. Shariat koʻrsatmalariga qaraganda, Janoza namozi tirik tugʻilgan begunoh chaqaloqdan tortib, gunoh qilgan, qilmaganligidan qatʼi nazar barcha marhum va marhumalarga oʻqiladi. Qurʼon oyatlari va hadisi shariflarda ifoda etilgan qoidalarga koʻra, murdani yuvib, kafanga oʻrab, tobutga joylagach musulmonlar jamoati ishtirokida imom boshchiligida ado etiladi. Janoza namozini qiblaga yuzlangan holda, saf-saf boʻlib oʻqiydilar. «Azobda oʻlganlar», shahid boʻlganlar yuvilmaydi va Janoza oʻqilmay koʻmilaveradi. Biror sabab bilan Janoza siz koʻmilgan boʻlsa, murda aynimay turib, qabr ustida Janoza namozi oʻqilishi mumkin. Janoza namozini oʻqish tiriklar zimmasidagi farzi kifoya amallardan boʻlib, uni bir guruh musulmonlar oʻqishi b-n boshqa kishilar zimmasidan soqit boʻladi. Islom diniga koʻra, marhum Janoza siz koʻmilgan taqdirda imkoniyat boʻla turib Janoza oʻqimagan kishilar gunohkor hisoblanadilar. Janoza namozi 5 vaqt oʻqiladigan namozdan koʻp jihatdan farq qiladi. Maye, Janoza namozida toʻrt takbir, sano, salovat, duo va salom bilan kifoyalaniladi. Unda ruku, sajda, qiroat, qaʼda, tashaxdud kabi amallar yoʻq.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые