HAQBERDIYEV

HAQBERDIYEV Abdurahimbek Asadbek oʻgʻli [1870.16(28).5, Shusha – 1933. 12.12, Boku] — ozarbayjon yozuvchisi. Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1928). Peterburg un-tini tugatgan (1899). 1906-y. dan «Mulla Nasriddin» jur. ida ishlagan. Ilk asari — «Buzilgan xonumon» (1896). «Baxtsiz yigit» tragediyasi (1900) va «Ogʻa Muhammad shoh Kajar» (1907) tarixiy dramasida 18-a. dagi Eron hukmdorining fojiasi orqali ado-latsiz tuzumning halokati tasvirlangan. «Mamadi Moʻzalanbekning sayohati», «Doʻzaxdan maktublar», «Mening marallarim», «Daraxt soyasi-da», «Xotin-qizlar bayrami», «Podshohning muhabbati» va b. asarlar muallifi. «Ozarbayjon teatri tarixidan» (1924) ocherki va «M. F. Oxundovning hayoti va ijodi» (1918) monografiyasi (1918) ham bor. «Buzilgan xonumon», «Baxtsiz yigit» kabi pyesalari Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston teatrlarida ham qoʻyilgan. Haqberdiyev ijodi oʻzbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol oʻynagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x