CHILONZOR OQTEPASI

CHILONZOR OQTEPASIToshkent ning jan. gʻarbiy qismida joylashgan arxeologik yodgorlik (4—8-a. lar; 10—11a. lar). Boʻzsuv anhori boʻyida. 1940-y. A. I. Terenojkin kayd etgan; 1960-y. A. S. Shiller va Yu. F. Buryakov, 1969—71 y. da Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Chilonzor Oqtepasi bal. 15 m li tepalik boʻlib, atrofida umumiy mayd. 60×75 m2 keladigan qad. qishloq xarobasi qoldiqlari joylashgan. Tepalikda olib borilgan qazishmalar natijasida undagi imoratlar majmuasi ustmaust xom gʻisht va paxsadan qurilganligi aniklangan. Vazifasiga koʻra, majusiylik bilan bogʻliq boʻlgan, kompozitsiyasi jihatdan birbiridan farq qiladigan binolar 3 davrga mansubligi aniklangan. 1davrda (4-a.) bino paxsa poydevorni ustiga qurilgan 4 minorali qasrdan iborat boʻlgan. Bino kvadrati (13,5x 13 m2) ichki tomondan gumbazli uzunchoq 3 xonaga ajratilgan. 2davrda (5—6-a. lar) dastlabki imorat atrofiga yangy xonalar va yordamchi xoʻjalik xonalari qurilgan, shinakli qoʻshimcha qalʼa devori bilan mustahkamlangan. 3davr (7—8-a. lar)da dastlabki imorat krldiqlari tuproq bilan toʻlgʻazilib shibbalanishi natijasida vujudga kelgan, 9 m li tagkursi ustiga qurilgan tepasi ochiq toʻrtburchak (38×27 m2) hovli koʻri n i shidagi noyob bino boʻlgan. Qazishmalar natijasida hovli sahnining qalin qatlamlaridan organik qoldiqlar, Qovunchi II madaniyati (q. Qovunchi madaniyati)ta xos sopol buyumlar, yorgʻuchoklar va b., shuningdek, turkashlarning 8-a. ga oid tangasi ham topilgan. Arab xalifaligi istilosidan soʻng bino bir qancha vaqt zardushtiylarning dafn etish joyi boʻlib xizmat qilgan, soʻngra xarobaga aylangan. Keyinchalik (10 — 11a. lar) xaroba atrofida hayot tiklanib kichik qishloq vujudga kelgan. Hozir Chilonzor Oqtepasi atrofida zamonaviy imoratlar qad koʻtargan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x