JUFT VA TOQ SONLAR — 1) juft sonlar — 2 ga karrali boʻlgan butun sonlar; mas, 0, 2, 4, 6, 8 va h. k. Son oʻnli sanoq tizimida yozilgan oxirgi raqami juft boʻlganda (0, 2, 4, 6 yoki
8) va faqat shu hrlda u juft boʻladi; 2)toq sonlar —2 ga boʻlinmaydigan butun (musbat yoki manfiy) son. Toq son har xil shaklda yozilishi mumkin. Toq son kvadrati yana toq son boʻladi, ikkita istalgan toq son koʻpaytmasi xam toq son boʻladi.