CHIRCHIQ

CHIRCHIQToshkent viloyatidagi shahar. Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim. sharqda joylashgan. Toshkent Chorvoq t. y. dagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 140,1 ming kishi (2004). Chirchiq 1932-y. da daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik elektrkimyo kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939-y. — 15 ming kishi, 1959-y. — 65 ming kishi, 1970-y. — 107,4 ming kishi). 30 — 40-y. larda Industrial texnikumi binosi, 50-y. larda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va b. jamoat binolari qurildi. 1966—67 y. lardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi. 2-jahon urushida halok boʻlgan chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va b. bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud. Shaharda «Chirchiqqishloqmash», «Transformator», «Oʻzbekkimyomash», «Elektrkimyosanoat» (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kti kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, «Kibo», «Chirkom», «Uzmetalltexnolodji», «Bursel—Tashkent—Tekstil»), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zdlari, goʻsht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fkalari mavjud.

Chirchiq oliy tank komandirmuhandislik bilim yurti, 25 umumiy taʼlim maktabi, 7 oʻrta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Kasalxona (500 oʻrin), poliklinika, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar ishlab turibdi. Chirchiqdan Toshkent sh. ga avtobuslar qatnaydi. «Chirchiq tongi» gaz. (1932-y. dan nashr etiladi, adadi 760), «Chirchiq» (1932-y. dan nashr etiladi, adadi 800) gaz. lari chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x