HUDAYCHI

HUDAYCHI, udaychi (arab. — boshqarmoq, yoʻl koʻrsatmoq) — Urta Osiyoda amir yoki xon saroyidagi mansab. Hudaychi 2 darajaga boʻlingan: «hudaychiyi dasti rost» («oʻng qoʻl hudaychi») va «hudaychiyi dasti chap» («chap qoʻl hudaychi»). Ular oliy hukmdorning oʻng va chap yonida turib, saroyda oʻtkaziladigan turli marosim va tantanalarni boshqargan. 1sining haq-huquqlari 2sinikidan bir oz kengroq boʻlgan. Har ikkisi ham boshqa amaldorlardan farq qilish uchun qizil hassa (aso) tutgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x