HASHAROTLAR INTRODUKSIYASI

HASHAROTLAR INTRODUKSIYASI — hasharotlarni oʻzi yashab turgan joydan boshqa, yangi hududlarga kelti-rib agrobiotsenoz entomofaunasini sunʼiy boyitish. Muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Oʻsimliklarni biologik himoya usulida Hasharotlar introduksiyasidan keng foydalaniladi. Odatda, bir tur zararku-nanda hisobiga yashashga ixtisoslashgan entomofag va akarifaglar intro-duksiyasi yaxshi samara beradi. Oʻzbekistonda 24 tur entomofag va aka-rifag introduksiya qilingan boʻlib, shundan 11 turi yaxshi iqlimlashgan; ular zararkunanda hasharotlar miq-dorini xoʻjalik uchun sezilmaydigan darajada saqlab turadi. Jumladan, qonli bit paraziti afelinus (1931), komstok qurti paraziti psevdafikus (1945) yaxshi iqlimlashdi. Iqlimlashmagan turlardan esa mavsumiy dalaga qoʻyish usulida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 1967-y. dan iqlimlashtirilgan trixogramma gʻoʻza hamda sabzavot ekinlari zararkunandalaridan — tunlamlarga qarshi muvaffaqiyatli qoʻllanmoq-da. Issiqxonalardagi oʻrgimchakkanalarga qarshi yirtqich kana — fito-seyulyusni (Oʻzbekistonga 1969-y. da olib kelingan) qoʻllash yaxshi samara bermoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x