CHIRIKRABOT — sak kabilalaridan boʻlgan opasiaklar shahrining xarobasi (mil. av. 1ming yillik oʻrtalari). Jangadaryo boʻyi (Qizilqum)da joylashgan. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi (1948—49), Yu. A. Rapoport rahbarligidagi arxeologiya otryadi (1957—58) tekshirgan. Chirikrabot qalʼasi tuxumsimon tepalik (bal. 15 m) ustiga qurilgan, mayd. 850×600 m. Atrofi kvadrat shaklidagi gʻishtdan (30x30x9 sm dan 50x50xS sm) koʻtarilgan. Ichki va tashki devor bilan uralgan. Devor tashkarisidan kalʼani aylantirib xandaq (kengligi 40 m, chuq. 4,5 m) qazilgan. Chirikrabotning eng kad. yodgorliklari mozorqoʻrgʻonlardir, ulardan 6 tasi maʼlum. Mozorqoʻrgʻonda 10 ga yakin kabr ochilgan. Qabrlarga jasadlar chalqancha, boshlari shim. gʻarbga qaratib yotkizilgan. Mozorqoʻrgondan mil. av. 1ming yillik oʻrtalariga oid bir necha sopol boʻlaklari, yassi dastali temir kilich, 3 qirrali jez oʻq uchlari va mayda oltin buyumlar topilgan. Shaxarning jan. sharkiy tomonida joylashgan qad. yodgorliklardan yana biri xom gʻishtdan qurilgan, doyra shaklidagi maqbara (diametri 38,5 m, bal. 8,4 m) xarobasi boʻlib, kvadrat shaklidagi 4 xona (har biri 5,9X5,9 m)dan iborat. Maqbaradan temir xanjarlar, pichoklar, oltin va kumushdan yasalgan qoʻngʻiroqchalar, turli taqinchoqlar chiqqan. Sopol buyumlarning aksariyati mil. av. 3—1-a. ga oid.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии