DILNOZ — ertapishar tarvuz navi. Oʻzbekistan sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. in-tida Dnepropetrovskiy, Mramorniy va Ogonyok navlarini duragaylash yoʻli bilan chiqarilgan (R. Hakimov, S. Qoʻchqorov, 1990). Dilnoz oʻrtacha palaklanadi, asosiy palagi uzun. Bargi oʻrtacha, ingichka, kulrang-yashil, barg asosida uyma barglari bir-biriga tegib turadi. Tarvuzi dumaloq, deyarli qora, toʻrsiz, ingichka, uzun koʻrinmaydigan taramlari bor. Ogʻirligi 3,5—4 kg. Pusti qalinligi oʻrtacha, qattiq. Eti yorqin qizil, mayin, shirador. Mevasi tarkibida umumiy qand mikdori 7,6%, S vitamini 7,3 mg% ga boradi. Urugʻi mayda, 1000 ta urugʻining ogʻirligi 50—55 g. Urugʻi unib chiqqanidan keyin mevasi 85 — 90 kunda pishadi. Hosildorligi 300 s/ga dan yuqori. 1994-y. dan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi (q. Tarvuz).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые