CHILTON

CHILTON, chiltan — diniy tasavvurlarga koʻra, gʻayritabiiy kuchga ega boʻlgan afsonaviy 40 ta ruh. Rivoyatlarda Chiltonlar odamlar koʻziga koʻrinmaydi, baʼzan ular orasida odam qiyofasida yashaydi deb talqin etiladi. Ular, odatda, mozor va sh. k. odamlar boʻlmaydigan joylarda uchraydi deb tasavvur qilinadi. Turli ofatlardan saqdanish, kasaldan qutulish maqsadida Chilton larga atab pilikdan yasalgan 40 chiroq yoqish, ularga bagʻishlab turli taomlar pishirish odati boʻlgan. Taomlar Chilton oshi deb atalgan va ular shu marosim munosabati bilan toʻplangan xotinqizlarga tarqatilgan. Hoz. vaqtda Chiltonlar va ular bilan bogʻliq boʻlgan urfodatlar deyarli yoʻqolib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x