CHIZMA

CHIZMA — qogʻoz, kalka (qora qogʻoz), taxta, yer sirti va b. ga chizilgan loyiha; maxsus chizmachilik asboblari (reysfeder, sirkul, reysmus, reysshina, chizgʻich va b.) yordamida qalam, tush bilan maʼlum qoidalar asosida chizilgan grafik tasvir. Mashinalar, mexanizmlar, bino va inshootlar, vertolyot va samolyotlar, raketa va kosmik kemalar, radio va televizorlar, xullas korxonalarda tayyorlanadigan, qurilish maydonlarida quriladigan narsalar va obyektlarning qismlarini tayyorlash, buzilganda taʼmirlash (tuzatish), tekshirish uchun Chizmadan foydalaniladi. Mashinasozlikda qoʻllanadigan Chizma 3 turga boʻlinadi: turkumlab va koʻplab ishlab chiqarish Ch. lari, yakka tartibda ishlab chiqarish Chizma lari va taʼmirlash Chlari. Chizma larda tayyorlanadigan, taʼmirlanadigan va tekshiriladigan narsalarning oʻlchamlari, materiali, vazifasi, aniqlik, tozalik sinflari va b. maʼlumotlar koʻrsatiladi. Quriliщdagi Chizma umumiy qoʻrinish Chlari va ishchi (qurish) Chizma lariga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x