HIJRIY ASHRAFXON

HIJRIY ASHRAFXON (1634, peshovar viloyati Akuray qishlogʻi — 1697, Hindiston) — afgʻon-pushtu mumtoz adabiyotining taniqli vakillaridan. Xushholxon Xattakning oʻgʻli. 12 yoshidayoq otasi va amakilari bilan oʻzaro qabilaviy urushlarda ishtirok etgan. Tasavvuf sheʼriyatini yaxshi bilgan. 1664-y. otasi Xushholxon Xat-tak hibsga olingach, qabilasining mustaqilligi uchun janglarga boshchilik qilgan. Ammo Hijriy Ashrafxon 1683-y. Pesho-varda sotqin ukasi Bayramxonning koʻrsatmasi bilan hisbga olingan va umrining oxirigacha asirlikda yashagan.

Hijriy Ashrafxon «Hijriy», «Ruhiy», «Akram» taxalluslari bilan sheʼrlar yozgan. Asarlarini qamoqda yaratgan. Hijriy Ashrafxon sheʼrlari «Devoni Hijriy»da toʻplangan boʻlib, bu devon Peshovarda bir necha bor chop etilgan. Devon 2 daftardan iborat: 1 – daftarga shoirning pushtu tilidagi qasida, gʻazal, ruboiy, qitʼa va muxammaslari jamlangan. 2-laftardan esa shoirning fors-dariy tilida ijod qilgan sheʼrlari joy olgan. Shoir sheʼrlarida Xushholxon Xattakning bevosita taʼsiri seziladi. Hijriy Ashrafxonning gʻazallari va b. turdagi sheʼrlarida sufiyona ishq, majoziy timsollar, har xil ramziy istioralar koʻplab uchraydi. Lirikasida anʼanaviy ishqi ilo-hiyning yoʻnalishlari, koʻrinishlari ustun. H. A. ning tasavvurida ilohiy ishkdan boʻlak haqiqiy ishq yoʻq. Dunyoviy ishq mavzuidagi sheʼrlari ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x