HAQQUSH

HAQQUSHqarqaralar oilasiga mansub qush. Jan. Yevropa, Osiyo, Afrika, Shim. Va Jan. Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonning Amudaryo va Sirdaryo vohalarida uchraydi. Tanasining uz. 60 sm ga yaqin. Kanoti 26—30 sm; qora-oqish yoki kulrang, metalldek yaltiraydi. Yetuk Haqqushning boshida 3—4 ta uzun, ingichka patdan iborat kokili bor. Daryo, koʻl va b. suv havzalarining qirgʻogʻida yashaydi. Asosan, tunda faol; koloniya boʻlib, daraxtlarga uya quradi. 4—5 ta tuxumni nari va modasi navbatlashib 21 — 22 kun bosadi. Baliq, baqa, mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x