HASHAR

HASHAR — oʻzbeklar, ayrim boshqa turkiy xalqlar orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Asosan, tezkorlik bilan bajarish zarur boʻlgan ishlar (hosilni zudlik bilan yigʻib olish) va katta mehnat talab insho-otlarni bunyod etish (kanal qazish, yoʻl va koʻpriklar qurish)da qoʻllangan. Hashar ariq qazish, imorat qurish kabi ishlarda bir necha kun ham davom etgan. Mas, Oʻzbekistondagi Katta Fargʻona kanali umumxalq Hashar vositasida bunyod etilgan. 1966-y. 26 apr. da Toshkentda roʻy bergan zilzila oqibatlari ham umumxalq Hashar orqali tugatilgan. Oʻzbekiston istiq-lolidan soʻng Hashar yangicha mazmun kasb etib, Roʻza va Qurbon hayitlari, Navroʻz, Mustaqillik bayramlari yoki muhim sanalar oldidan umumxalq xayriya Hashari oʻtkazish anʼanaga aylandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x