ROYALTI, royyalti (ing. royalty — qirol imtiyozlari) — 1) litsenziya boʻyicha tovarlar, ixtirolar, patentlar, nouxau, filmlar prokati va b. dan foydalanish huquqi uchun olingan foydadan davriy ajratmalar shaklidagi litsenziya mukofoti;
2) yer osti boyliklarini qidirish va qazib olish huquqi uchun ijara haqi.