KARIMOV Komiljon Qodirovich

KARIMOV Komiljon Qodirovich (1944.9.6, Toshkent) — rassom, ganch va naqsh ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1967) va Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat inti (1973)ni tugatgan. 1967-y. dan «Sharq guli» f-kasida naqqosh, 1974-y. dan Toshkent kulolchilik z-dida naqqoshlar brigadasi boshligʻi, 1987-y. dan «Usto» birlashmasida rassom. K. anʼanaviy uslubda bezagan jamoat binolari, majmualarda ganch va yogʻoch oʻymakorligini uygʻunlashtirib ajoyib goʻzallik va joziba yaratdi, milliy anʼanalarni turfa xil yangi shakllar bilan boyitdi: Toshkent sirki (1974), Xalqlar doʻstligi saroyi, Toshkent metropolitenining «Xalqlar Doʻstligi bekati» (1976), Leypsig sh. (Germaniya)dagi «Uzbekistan» choyxonasi va b. ni anʼanaviy naqshlar bilan jozibali bezagan, meʼmoriy yodgorliklar (jumladan, Baroqxon meʼmoriy majmuasi, 1974 va b.)ni taʼmirlashda ustalar guruhiga boshchilik qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x