KARELIYA BOʻYNI

KARELIYA BOʻYNI — Boltik, dengizining Fin qoʻltigʻi bilan Ladoga koʻli orasidagi boʻyin. Yer yuzasi gneys, granit, muzlik, koʻl-muzlik yotqiziklaridan tarkib topgan. Oʻrtacha balandligi qariyb 50 m (eng baland joyi 205 m). Muzlik natijasida hosil boʻlgan koʻl koʻp. Igna bargli oʻrmon bilan qoplangan. Sersuv Vuoksa daryoyei kesib oʻtgan. Fin qoʻltigʻi sohilida kurortlar (Sestroresk, Zemnogorsk, Repino, Solnechnoye va b.) bor. Turizm rivojlangan. 17-a. boshidan Shvetsiya tasarrufida boʻlgan. 1721-y. Rossiyaga qoʻshib olingan. 1918 — 40 y. larda Kareliya boʻynining koʻp qismi Finlyandiya tarkibida edi. 1940-y. dan Rossiya egallagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x