KARBONATIT KONLARI

KARBONATIT KONLARI — oʻta asosli-ishqorli tarkibga ega (karbonatitlar) magmatik togʻ jinslari formatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan kalsiy, magniy va temir karbonatlarining yertomir va shtoklari. Gʻoyat qimmatbaho, noyob, tarqoq va nodir elementlarning muayyan toʻplami bilan tavsiflanadi. Unga quyidagilar xos:

1) ikkinchi darajali minerallar (magnetit, apatit va b.) majmui;

2) aksessor minerallar toʻplami (piroxlor, gatchettolit, karbonat va fosfatlar);

3) jins hosil qiluvchi minerallarni nodir elementlar bilan boyitilishi;

4) diopsid, forsterit, montichellit b-n boyitilgan endokontakt zonalarning mavjudligi;

5) yoʻl-yoʻl teksturalar;

6) ekzokon-taktlardagi nordon tog jinslarining fenitizatsiyasi. Tarkibida fosfor, tantal, niobiy, mis, qoʻrgʻoshin, shuningdek, turli slyuda minerallari mavjud, soʻnggi yillarda olmos borligi ham maʼlum boʻldi. Oʻzbekistonda ChatqolQurama va Nurota togʻlarida karbonatitlar borligi aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x