EYDETIZM

EYDETIZM (yun. — koʻrinish, obraz) — ayrim odamlarning oldin koʻrgan narsalari va kuzatgan hodisalarini maydachuydasigacha aniq esga tushirish va esda saqlash qobiliyati. Eydetizmni oʻrgangan olimlarning fikricha, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda Eydetizm odatiy holat yoki qonuniy hodisa hisoblanadi. Tajribalarda taʼkidlanishicha, bolalik, oʻsmirlik, oʻspirinlik davrlarida kuzatilgan narsa yoki suratlar koʻzdan uzoqlashtirilsa ham ularning siymosi (tasviri) uzoq vaqt saqlanadi. Eydetizmni kuchaytiruvchi kaliy ionlari, kuchsizlantiruvchi esa kalsiy ionlari ekanligi tasdiqlangan. Rus psixologi A. R. Luriya (1902 — 1977) Eydetizmning individualtipologik xususiyatlarini taʼriflab bergan. Eydetizm barcha odamlarga taalluqli qobiliyat boʻlmasdan, balki ayrim noyob xotiraga ega insonlarga, xususan, rassomlar, musiqachilar, bastakorlarga xos xususiyat ekanligini taʼkidlash joiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x