NAFIS — qishki, erta hosilga kiradigan olma navi. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tida madaniy navlarning erkin changlanishidan olingan urugʻdan oʻstirilgan oʻsimliklardan tanlab chiqarilgan (1963, M. M. Mirzayev, O. K. Afanasyev, A. Hamroxoʻjayev). Daraxti keng piramidasimon, kuchli oʻsadi, shoxshabbasi siyrak, navdalari toʻq jigarrang. Gullari yirik, pushtirang. Apr. da gullaydi (10—14 kun). Golden Delishes, Parmen, Jonatan kabi navlardan yaxshi changlanadi. Mevasi yirik (160—180 g), silliq, qizil, sa-riq, eti oq, shirin, muloyim, har yili hosil qiladi. Mevasi okt. boshlarida terib olinadi. Kuchli oʻsadigan payvandtaglarda 5—6-yili, pakana payvandtaglarda 3-yili hosilga kiradi. Bakteriyali va vi-rusli kasalliklarga chidamsiz. Oʻzbekistonning barcha mevachilik zonalarida i. ch. sinovlari uchun r-nlashtirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые