QALAMTASVIR

QALAMTASVIR — chiziklar asosida grafika vositalari (qalam, pero, tush va boshqalar) yordamida yaratiladigan tasvir, chizgi (q. Rasm). Tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat va meʼmorlikda muhim oʻrin tutadi: asarning asosi tekis yuza (qogʻoz)da uning tasviri (tarhi)ni qalamda ishlash bilan boshlanadi. Qalamtasvirda sof chiziqli va tonal rasmlar hamda har ikkisi biribiri bilan qoʻshilib borliqni real aks ettiradi. Qalamtasvirda boʻlajak asarning tuzilishi, buyum va obrazlarni fazoda joylashishi, koʻrinish chegara chiziqlari, oʻlcham va nisbatlari belgilab olinadi. Qalamtasvir (chiziqli rasmlar va chiziqlar qorishmasidan hosil boʻladigan tonal rasmlar, nursoyali hajmga ega boʻlgan tasvirlar) ishlashda qalamning nursiz va toʻq qora tuslari hamda ular orasidagi tuslanishlardan unumli foydalanish orqali kerakli samaralarga erishiladi. Natura bilan tasvir oʻrtasida toʻla oʻxshashlikka erishish uchun tasviriy sanʼatning ifoda vositalari (kompozitsiya, perspektiva, nursoya, proporsiya va boshqalar)dan foydalaniladi. Asliga qarab tasvir ishlashda bilim va koʻnikma hosil boʻladi. Qalamtasvir mustaqil dastgoh sanʼati (portret, manzara, natyurmort va boshqalar) hamda qoʻshimcha (yirik rangtasvir, haykaltaroshlik va boshqalarda yordamchi) manba vazifasini oʻtaydi. Tonal rasmlarda chizilgan buyumlarning tuzilishi, fazodagi oʻrni, yuzasining fakturasi, kuzatuvchiga nisbatan yaqin yoki uzoqligini ham koʻrsatish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x