QAYCHI

QAYCHI — turli materiallarni kesish (qirqish) uchun ishlatiladigan asbob. Dastlabki Qaychi bir-biriga egiluvchan yoysimon metall plastina bilan biriktirilgan ikki pichokdan iborat boʻlgan, hozirgi Qaychi larga oʻxshash (sharnirli biriktirilgan 2 pichoqdan iborat) Qaychi mil. av. 8-asrda Yaqin Sharqda yaratilgan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. Hunarmandchilik (kosibchilik, tikuvchilik, tunukasozlik, bogʻdorchilik va boshqalar kasblar) rivojlangan sari Q. ning turi ham koʻpaya borgan (chevarlar Qaychisi, tok Q, tunuka Q. va boshqalar). Sanoat rivojlana boshlagach (18-asr 60-y. laridan boshlab), mexanik Qaychilar paydo boʻddi. Keyinchalik (19-asr 30—40y. lari) elektr Q. lar yaratildi. Hozir Qaychining dastaki, mexanik va elektr turlari mavjud.

Dastaki Qaychi bilan mato, qogʻoz va boshqalar materiallar kesiladi. Uning roʻzgʻorda, chilangarlikda (1rasm), tunuka qirqishda, tikuvchilikda, tibbiyotda va boshqalar maqsadlarda ishlatiladigan xillari bor. Mexanik Qaychi turli materiallarni qirqish uchun moʻljallangan Qaychi li qurilmalar, disksimon hamda toʻgʻri pichoqlari boʻlgan muqim (statsionar) va koʻchma qurilmalardan iborat. Bularga stul va richagli qurilmalar kiradi (2rasm). Stul qurilma dastaki Qaychidan yuqori dastasining uzunligi (400—800 mm), pastki dastasi toʻgʻri burchak ostida egilib, uchi oʻtkirligi bilan farq qiladi. Ular bilan 2—3 mm gacha qalinlikdagi metallar kesiladi. Richagli qurilma ikkita choʻyan stoyak va stoldan iborat. Stolga yon tomonidan qoʻzgʻalmas pichoq biriktirilgan, richagga ustki pichoq mahkamlangan. Kesiladigan list planka bilan richagga qisiladi. Richagli qurilma bilan 2—3 mm gacha qalinlikda va 1050 mm uzunlikdagi metall listlar kesiladi.

List va polosa materiallar, trubalar, shakldor prokat profilli trubalar va boshqalar materiallar kuchliroq elektr Qaychilar bilan kesiladi. Bular ish organlarining tuzilishiga qarab, gilyotin (parallel), alligator (richagli), diskli va boshqalarga boʻlinadi. Ular yordamida 60 mm gacha qalinlikdagi poʻlat listlarni, 170 mm gacha diametrli doira prokatlarni kesish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x