QOʻZIBOY

QOʻZIBOY — kechpishar mahalliy tarvuz navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. institutida mahalliy navlardan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan (A. G. Nikulina).

Mevasi choʻziq-sharsimon, yuzasi sil-liq, poʻsti qoramtir-yashil, qalin (2,5—3,5 sm), noaniq chiziqlari bor, ogʻirligi 8—18 kg. Eti pushti rangda, oʻrtacha tolali, sersuv, shirin. Tarkibida qand miqdori 8—9%. Urugʻi yirik (1,6 sm). Niholi unib chiqqanidan keyin birinchi hosili 96—110 kunda pishadi. Hosildorligi 400—500 s/ga. Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ekish uchun r-nlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x