QUTLUGʻMUROD INOQ MADRASASI

QUTLUGʻMUROD INOQ MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1804—12); Ichan qalʼa tarkibida. Olloqulixonning togʻasi Qutlugʻmurod Inoq qurdirgan; vasiyatiga binoan miyonsaroy zamini tagiga dafn etilgan. Madrasa toʻrtburchak tarhli (57×44 m), masjid va darsxona (tarhi 5×5 m), hujralar (3×3 m), hovli (31,8×27,8 m) hamda hovli oʻrtasidagi sardoba (diametri 7,15 m)dan iborat. Q. I. m. Xivada dastlab qurilgan 2 qavatli madrasa boʻlib, Xiva madrasalariga xos boʻlmagan 2 qavatli, 3 ochiq ravoqli, bosh tarzi ochiq va mahobatli qilib bunyod etilgan; bino gʻishtdan loy bilan terilgan, poydevori devoridan yogʻoch toʻsinlar (sardobaniki marmar) bilan ajratilgan. Bosh tarzidagi peshtoq va uning 2 D. yoni 3 ravoqli, burchaklariga guldastalar ishlangan; peshtoq orqali miyonsaroyga kiriladi. Miyonsaroy 3 xonali, 2 yonida madrasa va darsxona joylashgan; masjid va darsxona gumbazi qalqonsimon bagʻallarga bogʻlangan, yozgi masjid pastak gumbaz b-n, hujralar balxi gumbaz bilan yopilgan; sardobaning gumbazi silindrsimon poygumbazga oʻrnatilgan, poygumbaziga ravoqli aylana yoʻlak (bal. 1,65 m, eni 0,6 m) ishlangan.

Q. I. m. Xivadagi sirlanmagan va bosma usulida yaratilgan boʻrtma bezaklar qoʻllangan yagona yodgorlikdir; peshtogʻi, miyonsaroy rangli oʻyma ganch bilan ziynatlangan, ravoqlari muqarnaslar bilan toʻldirilgan; sirli koshin va parchinlar bilan qoplab beza-tilgan; derazalariga ganch panjaralar ishlangan; oʻymakori eshiklari amaliy sanʼatning nodir namunasidir (naqshlar orasida bino qurilgan sana bitilgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x