MOLASSLAR

MOLASSLAR (frans. moleasse, lot. mollis — yumshoq) — burmalangan mintakalar rivojlanishining orogen bosqichida litosfera plitalarining orasida siqilishi natijasida hosil boʻlgan togʻ jinslari kompleksi. Molasslar deyarli da-gʻal boʻlakli jinslar majmuasidan iborat. Asosan, togʻ oddi va togʻ etagi maydonlarida yotqizilgan boʻlib, qumtosh, alevrolit, konglomerat, gil, mergel va ohaktosh qatlamlaridan tashkil topgan. Alp togʻlari yaqinida Molasslarning qalinligi 2500—3000 m. Markaziy Osiyoda kaynozoy erasiga mansub Molasslar oʻrganilib. ular chekka (geosinklinal oblastlar) va kontinental turlar hamda mayda stratigrafik boʻlimlarga ajratilgan. Molasslar dengizdagi kulrang gillar, alevrolitlar va qumtoshlardan tashkil topgan quyi va kontinental konglomerat lardan tuzilgan yuqori qismlarga boʻlinadi. Koʻpincha Molasslar tarkibiga eva-poritlar va koʻmir yotqiziklari kiradi, quyi Molasslarlar esa neft va gazli (mas, Kavkazda). Vulkanik togʻ jinslari boʻlaklaridan tuzilgan qatlamlar vulkanogen Molasslarlar deb yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x