MODULYATSIYA

MODULYATSIYA (lot. modulatio — bir tekislilik) — 1) fizika va radiotexnikada — biror oʻzgarmas fizik jarayonni ifodalovchi kattalikning muayyan qonun boʻyicha oʻzgarishi. Modulyatsiya tashqi taʼsir yordamida amalga oshiriladi.

Elektronikada koʻpgina elektron asboblarning ishi elektron oqimlarini Modulyatsiya lashga asoslangan. Mas, kines-koplarda ekranga uzatiluvchi televizion shakllarni hosil qiluvchi elektron nuri intensivligi Modulyatsiya lanadi. Kli-stronlarda elektron oqimining tezligi boʻyicha Modulyatsiya lash oqimda elektronlarni guruxlashga olib keladi. Bu esa, oʻz navbatida, guruxlashgan elektronlar kinetik energiyasini oʻta yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirilishiga olib keladi. Radio – va optik diapazonlarda elektromagnit tebranishlarning hamda akustik toʻlqinlarning Modulyatsiya lari katta amaliy ahamiyatga ega. Maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish, turli tizim va qurilmalarda chastota taqsimotini taʼminlash, signallarning vaqtga bogʻliq parametrlarini oʻlchash uchun texnik qurilma va tizimlarda tebranishlar Modulyatsiyasi zarur hisoblanadi. Modulyatsiya jarayonida tebranishning oʻzgaradigan parametrlari (chastotasi, amplitudasi, fazasi)ga qarab uning nomlanishi belgilanadi (chastotali, amplitudali, fazali Modulyatsiya).

Koʻpincha, Modulyatsiya langan signal impuls tarzida, natijasi esa yuqori chastotali impulyelar toʻplami yoki radioimpuls koʻrinishda boʻladi. Hoz. paytda toʻrt turdagi impulyeli M mavjud: amplituda-impulyeli, chastota-impulyeli, fazaviy-impulyeli va kenglik-impulyeli M. Impulyeli Modulyatsiya uzluksiz garmonik tebranishli Modulyatsiyaga karaganda shovqinga nisbatan kuchaytirilgan tayanchga egaligi bilan ajraladi;

2) yorugʻlik texnikasida — yorugʻlik nuri yorqinligini yoki yorugʻ dogʻ oʻlchamini kelayotgan signallarga muvofiq ravishda oʻzgartirish; ovozni optik usulda yozib olish, fototelegraf va b. sohalarda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x