NADR MUHAMMADXON

NADR MUHAMMADXON, Nodir Muhammadxon ibn Dinmuhammadxon ibn Jonibek sulton (1592 — taxm. 1651) — ashtarxoniylardan boʻlgan Buxoro xoni (1642—45). Balxhokimi (1606-42). Nadr Muhammadxon davrida mamlakatda ichki nizolar kuchayib, hatto farzandlari (12 ta oʻgʻli) ham unga buysunmay qoʻygan. Bunga uning oʻta takabburligi, mol-mulkka oʻchligi, qaysarligi sabab boʻlgan. Bu esa aholining umumiy noroziligini keltirib chiqargan. Bundan tashqari, shim. dan koʻchmanchilar mamlakat hududiga hujum qilib uni talon-toroj etmoqda edilar. Nadr Muhammadxon ularga qarshi oʻgʻli Abdulazizni yuboradi. Biroq Nadr Muhammadxondan norozi amirlar harbiy safar chogʻida Abdulazizni xon deb eʼlon qiladilar. Bundan xabar topgan N. M. Balxga ketishga majbur boʻlgan va boburiylardan Shoh Jahonsan yordam berishni soʻragan. Shoh Jahon ikki oʻgʻli (Murodbaxsh va Avrangzeb)ni katta koʻshin bilan Balxga joʻnatib, ularga viloyatni bosib olishni topshiradi. Boburiylarning niyatidan voqif boʻlgan Nadr Muhammadxon ularga qarshi chiqib, Maymana yoʻlida jangda yengiladi va Eronga shoh Abbos II (1642—67) panohiga qochadi va u yerda 2,5 yilcha krlib ketadi. Boburiylar Balx viloyatini 2 y. gʻorat qilishgan. Muttasil janglar, mamlakatdagi ocharchilik, qattiq qish hindistonlik askarlarga salbiy taʼsir qilgan. Shoh Jahon askarlarini Hindistonga chaqirib olishga majbur boʻladi. Balxni esa Erondan taklif etilgan Nadr Muhammadxonga topshiradi. Bu N. M. ning oʻgʻillarini yana tashvishga solib, ularni birlashishga majbur qilgan. Abdulazizxon ukasi Subhonqulini Balxga noib etib tayinlaydi (1651). Nadr Muhammadxon taxtdan voz kechib Makkaga, haj safariga ketishga majbur boʻladi va yoʻlda vafot etadi. Madina yaqinidagi akasi Imomqulixon qabri yoniga dafn etilgan. Muhammad Yusuf Munshiyning yozishicha, Nadr Muhammadxonning yuk ortilgan 600 tuyasi, 8000 ajoyib tulpor otlari, 80 ming qorakoʻl koʻyi boʻlgan. Nadr Muhammadxonning xazinasida farangi barxat matolarga toʻla bir necha sandiqlar saqlangan. Maxmud ibn Vali Nadr muhammadxon M farmoni bilan mashhur asari — «Bahr ul asror» («Sirlar dengizi»)ni yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x