ISHLOV BERUVCHI SANOAT

ISHLOV BERUVCHI SANOATsanoat va q. x. xom ashyosiga ishlov beruvchi yoki uni qayta ishlovchi sanoat tarmoklari majmui. Mehnat predmetlari bevosita tabiatda boʻlgan undiruvchi (undirma) sanoatdan farqli ravishda Ishlov beruvchi sanoatda inson mehnati sarflanib yara-tilgan mehnat mahsulotlariga ishlov beriladi. Ishlov beruvchi sanoatga qora va rangli me-tallar, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari, mashina va uskunalar, yogʻochni qayta ishlash, sellyuloza-qogʻoz, sement va b. qurilish materiallari, yengil va oziqovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek, sanoat mahsulotlarini taʼmirlash korxonalari kiradi. Ishlov beruvchi sanoat kengaytirilgan takror i. ch. bazasi boʻlib, ijtimoiy mehnat unumdorligi oʻsishini taʼminlaydi. Jami sanoat mahsulotlari xajmida Ishlov beruvchi sanoat hissasi mamlakat industrial taraqqiyoti darajasini va sanoat tarmoq tuzilma-sining ilgʻorligini aks ettiradi. Oʻzbekistonda Ishlov beruvchi sanoatning paxta tozalash, yogʻ-moy tarmoqlari19-a. ning 2-yarmidan, mashinasozlik, metallga ishlov berish, kimyo, toʻqimachilik tarmoqlari 20-a. ning 20—30-y. lardan boshlab barpo etila boshladi.

Rivojlangan davlatlardan AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanadada Ishlov beruvchi sanoat taraqqiy etgan (q. Sanoat).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x