ISITMA TUSHIRUVCHI DORILAR

ISITMA TUSHIRUVCHI DORILARtermoregulyatsiya markazlariga taʼsir etib, ularning qoʻzgʻaluvchanligini susaytiradigan va teri tomirlarini kengaytiradigan dorilar. Bunday dorilar badan sirtiga koʻproq qon keltiradi, ter chiqishini oshiradi va shu bilan organizmdan tashqariga issiklik chiqishini kuchaytiradi (fenatsetin, antipirin, amidopirin, analgin, paratsetamol, atsetilsalitsil kislotaaspirin va b.). Bular yalligʻlanishni kamaytiradi va ogʻriqni bosadi. Isitma tushiruvchi dorilar koʻpincha birbiri b-n, shuningdek, kofein bilan birga ishlatiladi, mas, analgin + amidopirin + kofein; atsetilsalitsil kislota + fenatsetin + kofein va h. k. Bundan tashqari, reopirin (butadion + amidopirin), baralgin (analgin + pitofenon + feniveriniy) va sedalgin (kodein + kofein + fenatsetin + atsetilsalitsil kislota + fenobarbital) degan preparatlar xam ishlab chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x