KARAYAN

KARAYAN (Karajan) Gerbert fon (1908.5.4 — Zalsburg — 1989) — avstriyalik dirijyor. Birinchi konsertni pianinochi sifatida 11 yoshida bergan, dirijyorlik faoliyatini 1927-y. da boshlagan. Berlin davlat kapellasi (1941—44), Berlin filarmonik orkestri (1954—89), Vena davlat operasi (1956—64), Zalsburg musiqali teatr festival (1957—60 va 1964—88)larini boshkargan. London filarmonik orkestri (1947), Zalsburg pasxa festivali (1967)ning asoschisi. Dirijyorlik uslubida har bir kompozitor asarining nota matniga batamom boʻysundirish, musiqa shaklini toʻlaligicha his etish, yorqin joʻshqinlik va ajoyib taʼsirchanlikka erishgan. 1969-y. dan Berlinda har yili Karayan nomidagi xalqaro dirijyorlar va yoshlar simfonik orkestrlari tanlovi oʻtkaziladi. Venada Karayan jamgʻarmasi (1986-y. dan) hamda Karayan markazi (1995-y. dan) faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x