KANPUR

KANPUR — Hindistonning shim. qismidagi shahar. Uttar-Pradesh shtatida, Gang daryosi sohilida. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning Gang vodiysidagi yirik sanoat va savdo markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari — toʻqimachilik (jun va ip gazlama) va koʻn poyabzal. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Metallsozlik, aniq va q. x. mashinasozligi, aviasozlik, radioelektronika, kimyo sanoati, trikotaj va oziq-ovqat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Un-t, Markaziy toʻqimachilik, Texnologiya in-tlari bor. Shaharga 18-a. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x